Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Xorijiy Davlatda doimiy yashayotgan yoki xizmat safari, kontrakt boʻyicha ish, oʻqish yoxud davolanish maqsadida vaqtinchalik turgan fuqarolar oʻz saylov huquqlarini qanday amalga oshirsa boʻladi?
Huquqshunosga savol: Xorijiy Davlatda doimiy yashayotgan yoki xizmat safari, kontrakt boʻyicha ish, oʻqish yoxud davolanish maqsadida vaqtinchalik turgan fuqarolar oʻz saylov huquqlarini qanday amalga oshirsa boʻladi?
javob: Konsullik muassasasi joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga saylov huquqlarini va Oʻzbekiston Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga koʻmaklashish boʻyicha funksiyalar konsullik muassasasi tomonidan bajariladi.
Konsullik muassasasidagi saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkasini (referendum uchastkasini) saylov okrugiga (okrugga) qayd etish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi. Konsullik muassasasining boshligʻi:
uchastka saylov komissiyasi (uchastka komissiyasi) raisining vazifalarini amalga oshiradi;
saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini (referendum uchastkasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining roʻyxatini) tuzish uchun maʼlumotlarni taqdim etadi;
saylovchilarning roʻyxati (ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxati) bilan tanishish joyi va vaqti haqida saylovchilarni (fuqarolarni) xabardor qiladi;
saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) tuzilganligi toʻgʻrisida konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlarini rasman xabardor qiladi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov