Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Huquqshunosga savol: Oʻzbekiston fuqrolari xorijiy Davlatda Oliy talimda oʻqishda davrida boshqa Oʻzbekiston fuqarosi bilan qonuniy nikohdan oʻtsa boʻladimi?


Huquqshunosga savol: Oʻzbekiston fuqrolari xorijiy Davlatda Oliy talimda oʻqishda davrida boshqa Oʻzbekiston fuqarosi bilan qonuniy nikohdan oʻtsa boʻladimi?

Javob:

Konsullik muassasalari quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etadi:

tugʻilish; nikoh tuzish; nikohni bekor qilish; oʻlim.

Konsullikning mansabdor shaxsi chet elda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, fuqarolik holatini Oʻzbekiston Respublikasida qayd etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan dalolatnomalar yozuvlariga oʻzgartishlar, tuzatishlar hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, dalolatnomalar yozuvlarini qayta tiklash haqidagi, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi hamda ushbu hujjatlarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga topshiradi.

Konsullikning mansabdor shaxsiga murojaat etgan shaxslardan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish masalalari, basharti fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsullik muassasasi faoliyat koʻrsatayotgan davlatning qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga zid boʻlmasa, hal etiladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oila toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                          N.Tursunov