Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Huquqshunosga savol: Konsullikning “Xorijiy Davlat xududida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolari”ga vasiylik belgilash vakolati bormi?


                     Huquqshunosga savol:

Konsullikning “Xorijiy Davlat xududida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolari”ga vasiylik belgilash vakolati bormi?

Javob: Konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan, ota-onasi homiyligidan mahrum boʻlgan voyaga yetmaganlar, Oʻzbekiston Respublikasining muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolari ustidan, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga hamda oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmagan voyaga yetgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan voyaga yetmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini farzandlikka olishni xohlaydigan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning iltimosiga koʻra konsullikning mansabdor shaxsi ularni farzandlikka olishning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan sud tartibi toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosi konsullik okrugi hududida ota-onasi homiyligidan mahrum boʻlib qolganligi toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining bunday fuqarosi ustidan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga koʻmaklashadi hamda uning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish choralarini koʻradi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                          N.Tursunov