Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Javob: Giyoxvandlik vositalari, Psixotrop moddalar va ular bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish toʻgʻrisida malumot bersangiz?
Huquqshunosga savol:
Javob: Giyoxvandlik vositalari, Psixotrop moddalar va ular bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish toʻgʻrisida malumot bersangiz?
Javob: Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish deganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shart va tartibni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida oʻtkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, joʻnatish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish tushuniladi.
4. Qonunga koʻra, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilganda kelib chiqadi:
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish uchun aybdorlar barcha hollarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 56-moddasi). Agar mazkur harakatlar oʻtkazish maqsadini koʻzlab sodir etilsa, qilmish JK 273-moddasining birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish deganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shart va tartibni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida oʻtkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, joʻnatish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish tushuniladi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov.