Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Huquqshunosga savol: Giyohvandlikga oid jinoyatlar uchun qonunda belgilangan javobgarlik boʻyicha malumot bersangiz?


Huquqshunosga savol: Giyohvandlikga oid jinoyatlar uchun qonunda belgilangan javobgarlik boʻyicha malumot bersangiz?

Javob: Qonunga koʻra, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilganda kelib chiqadi:

           Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish uchun aybdorlar barcha hollarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 56-moddasi). Agar mazkur harakatlar oʻtkazish maqsadini koʻzlab sodir etilsa, qilmish JK 273-moddasining birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.     

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish deganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan qonunda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtish tushuniladi.Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda berish, realizatsiya qilish, taqsimlash deganda, bunday faoliyat turi uchun litsenziyasi mavjud boʻlgan dorixona yoki davolash-profilaktika muassasasi xodimining bunday vosita yoki moddalarni belgilangan tartibni buzgan holda jismoniy yoki yuridik shaxsga berishda ifodalangan qasddan sodir etilgan harakatlari tushuniladi. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olish deganda, ularni har qanday usulda, jumladan, sotib olish, hadya yoki bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmat yoinki qarzni uzish evaziga oʻzaro hisob-kitob, shuningdek, boshqa tovar va ashyolar bilan almashtirish sifatida qabul qilish, topib olganda oʻzlashtirish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklar yoki ularning qismlarini terish, tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan ekinlar yigʻishtirilgandan soʻng qoʻriqlanmay qolgan maydonlardan ularning qoldiqlarini terish hisoblanishi lozim.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                          N.Tursunov.