Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Giyohvandlik vositalarini Qonunga xilof ravishda ishlab chiqish tushunchasiga tarif bersangiz?
Huquqshunosga savol:
Giyohvandlik vositalarini Qonunga xilof ravishda ishlab chiqish tushunchasiga tarif bersangiz?
Javob:Qonunga xilof ravishda ishlab chiqish deganda, yangi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan, yaʼni bunga davlat buyurtmasi va mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlmagan holda ishlab chiqishga qasddan qaratilgan harakatlar tushunilishi lozim. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish deganda, bunday vosita yoki moddalarni qonunchilikni buzgan holda oʻsimliklar, kimyoviy va boshqa moddalardan seriyalab olishga qasddan qaratilgan harakatlar (masalan, maxsus kimyoviy yoki boshqa uskunalardan foydalangan holda, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni shu maqsadlarga moslashtirilgan binolarda ishlab chiqarish, ularni guruhlab, qadoqlab ishlab chiqarish) tushunilishi lozim.
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanish deganda, qonunchilikda bunday vosita yoki moddalar bilan qonunga muvofiq muomala qilish uchun belgilangan qoida va tartibni buzgan holda sodir etilgan harakatlar tushunilishi lozim.Giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda boshqa biron-bir neytral modda (toʻldiruvchi) bilan aralashmada boʻlgan hollarda giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda miqdori aralashmada mavjud neytral modda (toʻldiruvchi) miqdorini hisobga olmagan holda aniqlanishi kerak.
19. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda yetishtirish uchun JK 270-moddasi bilan jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov