Янгиликлар
4.Huquqshunosga savol: Giyohvandlik vositalari savdosi uchun qonunda belgilangan javobgarlik yuzasidan malumot bersangiz?
Huquqshunosga savol: Giyohvandlik vositalari savdosi uchun qonunda belgilangan javobgarlik yuzasidan malumot bersangiz?
Javob: Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni sotish usulida koʻp miqdorda oʻtkazish ularni oʻtkazishning eng ijtimoiy xavfli koʻrinishi hisoblanishi tufayli, mazkur qilmish JK 273-moddasining beshinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Mazkur vosita yoki moddalarni koʻp miqdorda boshqa barcha usullarda oʻtkazish JK 273-moddasining boshqa tegishli qismi bilan javobgarlik kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Aybdor tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarning faqat bir qismi oʻtkazilib, qolgan qismi keyinchalik surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida aniqlansa, javobgarlik qonunga xilof ravishda oʻtkazish va qonunga xilof ravishda saqlash uchun alohida-alohida (agar mazkur vosita va moddalarni oʻtkazishga nisbatan qasd aniqlanmagan boʻlsa), ularning miqdoriga bogʻliq ravishda kelib chiqadi.
Tushuntirilsinki, shaxsning giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ancha, koʻp, juda koʻp miqdordagi chet el valyutasi evaziga oʻtkazishga qaratilgan harakatlari JK 177-moddasining tegishli qismi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi, chunki mazkur modda valyuta qimmatliklarini toʻlov vositasi sifatida emas, balki ushbu qimmatliklarning oʻzini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov