Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni ekspertiza qilish boʻyicha tushuncha bersangiz.
Huquqshunosga savol: Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni ekspertiza qilish boʻyicha tushuncha bersangiz. Javob:
Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ 249-sonli Qonunining 12-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalardan foydalaniladigan har qanday ekspertiza davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
Giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq noqonuniy xatti-xarakatlar sodir qilayotganlikda gumon qilinib, ulardan protsessual tartibda xujjatlashtirib olingan tashqi koʻrinishidan giyohvandlik vositalariga oʻxshash ashyolarni. Xaqiqatan taqiqlangan vositalar turkumiga mansubligi yoki mansub emasligini aniqlash maqsadida yu yoʻnalishda maxsus bilim va tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruxsatnomaga ega mutaxassis ekspertlar tomonidan sudga oid kimyoviy ekspertiza oʻtkaziladi va quyidagilarga aniqlik kiritilishi talab qilinadi.
-olingan vosita yoki modda giyohvandlik, psixotrop hisoblanadimi, agar hisoblansa, uning turi, aktiv moddasining miqdori va sof ogʻirligi qancha;
olingan obyektda giyohvandlik vositasi, psixotrop moddasi qoldiqlari (mikrozarralari) yoki izlari bormi;
muayyan yer maydonidan olingan oʻsimlik qaysi turga mansub va u tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimlik hisoblanadimi;
olingan vositalar yoki moddalar bir xil hisoblanadimi, ular tayyorlash usuli (texnologiyasi), saqlash sharoiti, foydalanilgan boshlangʻich xom ashyosi, koʻkarib turgan joyi boʻyicha kelib chiqishi jihatidan umumiy manbaga egami.
Tadqiqod oʻtkazgan ekspertlar taqdim qilgan xulosa koʻrsatilgan olingan vositalarning turi, nomlanishi, sof vazni va boshqa xususiyatlari asosida zarruriy protsessual xarakatlar amalga oshirilib javobgarlik yuzasidan surishtiruv xarakatlarini yuritish yuzaga keladi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov