Янгиликлар
Yangi davr uchun kreativ yondashuv
Yangi davr uchun kreativ yondashuv
Joriy yilning 3-oktyabr kunida “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.
Insoniyat koʻchmanchilikdan oʻtroq sharoitga oʻtib, ijtimoiylashuv boshlangan vaqtdan hozirgi vaqtga qadar boʻlgan jamiyatlar rivoji, har bir fuqaroning farovon yashashi ikki jihatda: birinchisi- shaxsiy maqsadlari boʻlsa, ikkinchisi- u yashagan davr jamiyati qarashlari va barqarorligiga bogʻliq. Bu ikki omilning qay biri muhimroqligi borasida turli qarashlar mavjud.
Avvalo, kreativ iqtisodiyot atamasining maʼnosiga toʻxtalsak, kreativlik Lotincha Creatio – yaratish, bunyod etish, ijodkorlik soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, bu atama 1950-yillarda psixologiya faniga kirib kelgan. Kreativ deganda shaxsning maʼlum standartlar, normalar, shablonlardan chetga chiqish layoqati va barcha jabhalarda noodatiy yondashuv xususiyati tuguniladi.
Mazkur qonunga koʻra, kreativ iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish Qonunning maqsadi hisoblanadi.
Kreativ industriya sohalaridagi faoliyat yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi, jumladan:
-adabiy ijodni;
-amaliy sanʼat va hunarmandchilikni;
-arxitektura, loyihalashtirish va urbanistikani;
-audiovizual sanʼatni;
-ijrochilik sanʼatini;
-konsert-tomosha faoliyatini va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishni;
-raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyatni.
Kreativ industriya sohalarida fuqarolarning oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kreativ iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi kreativ industriya sohalarini rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organidir.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova