Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi.


Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi.

 

Mamlakatimizda keyingi yillarda giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining va psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda hamda telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish orqali giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi ortib borayotganligi munosabati bilan ushbu huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda.

Bundan tashqari, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda targʻib qiluvchi materiallarni tarqatganlik yoki reklama qilganlik uchun odillik prinsipiga muvofiq jazo choralarini qoʻllash maqsadida mazkur turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelganligi sababli joriy yilning 5-oktyabr kunida Prezident tomonidan imzolangan Qonun asosida ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Unga koʻra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki joʻnatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanishi belgilandi:

-BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima;

-360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

-3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

-1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

-3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskoksulti                                                 N.Anarqulova