Янгиликлар
Davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlari kengaytirildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlari kengaytirildi.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash mavsadida “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, Mehnat inspeksiyasi 2025-yil 1-martdan boshlab mehnat huquqlari buzilishi va boshqa masalalar yuzasidan kameral nazoratini oʻtkazishni boshlaydi. Shuningdek, uning xodimlariga davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qurilayotgan obyektlarda ishchilar sonining muvofiqligini tekshirishga ruxsat beriladi.
Kameral nazorat-bu tekshiruvning bir usuli boʻlib, dunyoda qariyb barcha davlatlarda mavjud tizim. Bu orqali aniq hisobotlarni aniqlanadi.
Qarorga asosan, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yoʻlga qoʻyiladi:
-2025-yil 1-yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan oʻqitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar;
-2025-yil 1-martdan amaliy kasbiy koʻnikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish;
-2026-yil 1-yanvargacha kasbiy koʻnikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan oʻtkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish;
-2026-yil 1-iyulgacha xalqaro standartlar boʻyicha kasbiy malakani baholovchi markazi tashkil qilinadi va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish;
Shuningdek, qarorga asosan 2025-yil 1-martdan boshlab:
-Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish, aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi.
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi taʼminlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova