Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosati takomillashtiriladi


Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosati takomillashtiriladi

 

Inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllarini tatbiq qilish tufayli kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha sohada koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, xalqaro andozalar asosida munosib mehnat munosabatlarini keng joriy qilish maqsadida joriy yilning 4-oktyabr kunida Prezidentimiz tomonidan “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi

Qarorga koʻra, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:

-mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;

-aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish;

-kambagʻallikni qisqartirish;

-hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

-kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va horijiy tillarga oʻqitish , malakani baholash;

-munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat meʼyorlariga rioya etilishini oʻrganish, mehnat huquqini taʼminlash hamda mehnatni muhofaza qilish;

- Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrgacha:

-50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bogʻ va uzumzorlar tashkil etiladi;

-ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                              N. Anarqulova