Янгиликлар
Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Joriy yilning 7-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Jinoyat — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy havfli qilmish yaʼni harakat va harakatsizlik muayan qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda oʻzining ijtimoiy tizimi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, upf- odatlari, anʼanalariga muvofiq xalqaro huquq meʼyorlari eyeshioʻkpf olingan holda hal etiladi.
Maʼmuriy nojoʻya harakat deganda, jamoatga tajovuz qiluvchi gʻayriqonuniy xavfli harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi va maʼmuriy jazoning turlariga quyidagilar kiradi: jarima; maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish va h.k.z. kabilar) mahrum etish; maʼmuriy qamoqqa olish.
Qonunga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Shuningdek, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan toʻldirish, yarashuv institutiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilandi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
-BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga;
-15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilanmoqda.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova.