Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Endilikda rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi


Endilikda rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

 

Joriy yilning 4-oktyabr kunida Davlat fuqarolik xizmatini salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlar bilan taʼminlashda nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini zamonaviy texnologiyalar asosida baholash hamda natijalarini tahlil qilish, shuningdek, rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan manzilli choralar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidai “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilindi.

Endilikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining taklifiga asosan Agentlik muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi.

Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.

Mazkur qaror bilan quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

-ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;

-davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;

-kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, oʻzlashtirish va joriy qilish;

-kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;

-rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash boʻyicha test sinovlarini hamda psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish;

rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;

-faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.

Markazga quyidagi huquqlar berildi:

-oʻz faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun tegishli soha boʻyicha malakali mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilish;

-Agentlik va boshqa buyurtmachilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida faoliyatining asosiy yoʻnalishlari doirasida daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanish, davlat fuqarolik xizmatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha axborot dasturlarini ishlab chiqish.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                             N.Anarqulova