Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etiladi.


Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etiladi.

Bugungi kunda huquqiy hujjatlari yoʻq yoki toʻliq boʻlmagan, yer uchastkasidan uzoq yillar davomida foydalanib kelayotgan yoki yerga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish masalasi yer egasiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oxiriga yetmagan yer uchastkalari mavjud.

Qolaversa, amaldagi qonunchilikda ushbu yerlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish uchun huquqiy asos ham, vakolatli organ ham belgilanmaganligi sababli joriy yilning 5-avgust kunida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinib, 8-noyabrdan kuchga kirdi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yoʻqolgan yoki toʻliq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi hisoblanadi.

Ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq boʻlgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni hisoblanadi.

Ushbu qonun 35 moddadan iborat boʻlib, 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Qonunga asosan quyidagi koʻchmas mulklarga nisabatan huquqlar eʼtirof etildi:

1) 2018-yil 1-may kuniga (2018-yildagi “bir martalik aksiya”ga) qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda oʻzboshimchalik bilan egallagan

yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

2) 2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda koʻrsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

3) “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

4) 2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;

(“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq (15.09.2020-y. tahriri) viloyat, tuman, shahar hokimliklarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari Xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

5) bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari (“BUSH”) hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

6) kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martga (Nizom qabul qilinguniga) qadar joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;

7) davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan

yer uchastkasiga;

8) hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.

Bunda, ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun toʻqson toʻqqiz yil, boshqa yer uchastkalari uchun qirq toʻqqiz yil etib belgilandi.

Huquqlarni eʼtirof etishning asosiy shartlari sifatida:

1) yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmaganligi yoki auksionga chiqarilmaganligi;

2) yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

3) yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi;

4) muhofaza zonasida, sugʻoriladigan yerda joylashmaganligi;

5) bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud boʻlsa)

6) har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar) belgilandi.

Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha eʼtirof etiladi:

1) 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan boʻlsa – 0,24 gektargacha;

2) 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan boʻlsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo boʻlmasa, dehqon xoʻjaligi yoki tomorqa xoʻjaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

Shuningdek, yer uchastkalari boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibidan Toshkent, Nukus shaharlari yoki viloyat markazlari hududi tarkibiga oʻtkazilgan hollarda, yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi ular avval joylashgan maʼmuriy-hududiy birlikdagi ijara huquqini eʼtirof etish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                   N. Anarqulova