Янгиликлар
Imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi
Imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi
Maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va ularning tarmogʻini kengaytirish maqsadida, “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2025/2026 oʻquv yilidan:
-davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dual taʼlim shakli joriy etiladi;
-maktabgacha taʼlim yoʻnalishining sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi.
-2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.
2024-yil 1-oktyabrdan jismoniy shaxs bir paytning oʻzida bir nechta oilaviy nodavlat bogʻchada mehnat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi boʻyicha toʻlanadi.
2025-yil 1-sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimlar Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida elektron shaklda tuziladi.
2025-yil 1-yanvardan qamrov darajasi past boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalar faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti NyuAnarqulova.