Янгиликлар
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bogʻchalar rahbar va pedagoglarini ragʻbatlantirishga ruxsat etiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bogʻchalar rahbar va pedagoglarini ragʻbatlantirishga ruxsat etiladi.
Biz bilamizki, Xodimga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
-tashakkurnoma eʼlon qilish (faxriy yorliq);
-pul mukofoti berish;
-qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlash;
-davlat mukofotlariga taqdim etish.
-Jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, ustav va nizomlarda boshqa ragʻbatlantirish choralari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
Prezidentning 30.09.2024-yildagi "Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-152-sonli Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:
-maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;
-respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
-barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
-trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham ragʻbatlantirishga ruxsat etiladi.
2025-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim guruhlari ochiladi.
Ammo quyidagi toʻlovlar ragʻbatlantirish turi hisoblanmaydi:
-ish haqi;
-mukofotlar;
-qoʻshimcha toʻlovlar;
-ustamalar.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova.