Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligi yanada oshiriladi


Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligi yanada oshiriladi

 

Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlimning uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash, maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish, sohada faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim jarayoniga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida joriy yilning 30-sentyabr kuni “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Mazkur farmonga koʻra, maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

-kichik va oʻrta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish;

-katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish.

-2026/2027 oʻquv yilidan:

-bogʻchalar tomonidan Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi;

-maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berish yoʻlga qoʻyiladi.

-2025-yil 1-avgustgacha:

-maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va oʻquv-metodik materiallar Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi hamda ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi;

Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi maʼlumotlarining joylashtirilishi taʼminlanadi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                             N. Anarqulova