Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash yanada kuchaytiriladi


Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash yanada kuchaytiriladi

Keyingi yillarda mamlakatimizda yoʻl harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari va individual harakatlanish vositalarining ommalashuvi tufayli ulardan foydalanish bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrish maqsadida joriy yilning 28-oktyabr kunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Mazkur qonunga koʻra, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan maʼmuriy ishlarni ortiqcha qogʻozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritilmasligi belgilanmoqda.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                          N. Anarqulova