Янгиликлар
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Mamlaatimizda keyingi yillarda yer va yer osti boyliklarini asrab qolish hamda muhofaza qilish, shuningdek yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, xususan, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning qonunga xilof ravishda qazib olinishiga chek qoʻyish maqsadida joriy yilning 28-oktyabr kunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim kodekslarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Shu jumladan, Jinoyat kodeksiga foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olishni shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun, shuningdek foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.
Bundan tashqari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova