Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Endilikda Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" toʻlov platformasi orqali ajratiladi


Endilikda Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" toʻlov platformasi orqali ajratiladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmonida “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyotini joriy etish maqsadida joriy yilning 21-oktyabr kunida "Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Subsidiya — ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻ.

Ariza beruvchi — ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.

Mazkur Qarorga koʻra;

-yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;

-ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlab berish;

-ipoteka kreditlari va ular boʻyicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi belgilandi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan;

-kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq toʻlovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;

yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" toʻlov platformasi orqali ajratiladi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                              N. Anarqulova