Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Kreditni undirish boʻyicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash toʻxtatiladi


Kreditni undirish boʻyicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash toʻxtatiladi

 

Agar amalga oshirilgan toʻlov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:

 

asosiy qarz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik va muddati oʻtgan foiz toʻlovlari mutanosib ravishda;

 

joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz boʻyicha qarzdorlik;

 

neustoyka (jarima, penya);

 

kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari.

 

Shuningdek, kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                   S.Djamalov