Янгиликлар
BOLA PULI OLISHDA NIMALARGA EʼTIBOR QARATISH KERAK!
BOLA PULI OLISHDA NIMALARGA EʼTIBOR QARATISH KERAK!
1. Bola puli olish uchun ariza namunasi xudud MFYda toʻldirib beriladi va ushbu toʻldirilgan maʼlumotnoma, pensiya jamgʻarmasiga yuborilishi;
2. Yolgʻiz ona boʻlsa, daromadlar toʻgʻrisida maʼlumot soʻralmasligi, yolgʻiz ona deganda boquvchisi yoʻq, nikoxi qonuniy bekor qilingan ayollar tushuniladi.
3. Oilada, 3 yoshga toʻlmagan bola boʻlsa, onasidan ish xaqqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma soʻralmasligi, biroq turmush oʻrtogʻining ish xaqqi yoki oʻzini-oʻzi band qilinganligi xaqidagi maʼlumotnomasi boʻlishi kerakligi;
4. Bola puli 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab, 3 yoshgacha boʻlgan bolaga 325 ming soʻm, undan keyingisiga 150 ming soʻm va undan keyingisiga 100 ming soʻmdan xisoblanishi;
5. Oila kam taʼminlangan oila boʻlishi, oilani xar bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromadi 568 ming soʻmdan oshmasligi;
6. Oilada turmush oʻrtogʻi chet davlatda ishlayotgan boʻlsa, uning daromadi 2.100.000 soʻm deb xisoblanishi, oʻzini-oʻzi band qilgan fuqaroni daromadi ham, xuddi shu miqdorda xisoblanishi;
7. Oiladagi farzandlar 3 yoshdan oshgan boʻlsa va ushbu oila toʻliq oila boʻlsa, er xotindan ish xaqqi toʻgʻrisida maʼlumotnomasi boʻlishi kerakligi talab qilinishi;
8. Bola puli yuzasidan MFYga berilgan ariza, pensiya jamgʻarmasiga yoʻllangach, 1 oy ichida avtomatik tarzda, daromad va boshqa xolatlari aniqlanishi, bunda inson omili aralashmasdan, kompyuter baza orqali aniqlagan maʼlumotlar asosida tayinlanishi yoki rad qilinishi;
9. Oʻzini-oʻzi band qilgan fuqarolar, band qilinganligi, roʻyxatga olinganligi aniq boʻlgach, bola puliga ariza berishlari kerakligiga, bunda daromadi 2.100.000 soʻm deb xisoblanishiga, eʼtiborlarini oila aʼzosiga tushadigan daromad 648 ming soʻmdan oshib ketmasligiga rioya qilishlari;
10.Oilani daromadiga, 12 yil toʻlmagan transport vositasi, nomida ikkita uy, yoki qoʻshimcha bino boʻlishi, qoʻshimcha yer maydoni va tomorqalar, sonidan kelib chiqib, qora mol sigir va qoʻy echkilar ham oila daromadi xisobiga olinishini inobatga olishlari kerak.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov