Янгиликлар
Kelinni uyda qanday haqqi bor.
Kelinni uyda qanday haqqi bor.
Uy-joy kodeksi 32-moddasiga koʻra uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar.
Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.
Mazkur normaning mazmuniga koʻra faqat mulkdorning nomida boʻlgan uy-joyda uning oila aʼzolari birgalikda yashash huquqiga ega. Xatto oilaviy munosabatlar tugatilgan taqdirda ham (ajrashganlikni nazarda tutdim).
Bu yerda ikki tushunchani izohlash talab etiladi. Birinchisi mulkdor. Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq mol-mulk qonuniy unga tegishli boʻlgan shaxs mulkdor hisoblanadi.
Endi oila aʼzolari tushunchasiga toʻxtalib oʻtamiz. Yuqoridagi kodeks 32-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq turar joy mulkdorining oila aʼzolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi.
Shuningdek, er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega boʻlmagan boʻlsa, faqat oʻzaro kelishuvga binoan mulkdorning oila aʼzolari deb tan olinishi mumkin. Bu normaning mazmuniga koʻra ota-onangiz va qolgan aka-uka, opa-singillaringiz oʻzaro kelishuv asosida oila aʼzolari deb topilishi mumkin.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov