Янгиликлар
KIMGADIR QARZ BERSANGIZ TILXAT YOZDIRIB OLING!
KIMGADIR QARZ BERSANGIZ TILXAT YOZDIRIB OLING!
???? Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga koʻra,
fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi BHMning 10 baravaridan (3 750 000 soʻm) ortiq boʻlsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs boʻlganida esa summasidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi kerak
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud boʻlsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Koʻrib turganingizdek oddiy tilxat xam yozma shartnoma xisoblanadi. Kimgadir qarz berayotganingizda manashu qoidaga rioya qilsangiz vaqti kelganida pulingizni qaytara olmasdan sarson boʻlmaysiz. Agar rioya qilmasangiz ikkinchi marta birovga qarz bermaydigan boʻlasiz. Chunki birinchi bergan pulingizni hali ololmagan boʻlasizda.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov