Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

NOGIRONLIGI BOʻLGAN BOLALARNING ONALARI BOSHQALARDAN 5 YIL OLDIN PENSIYAGA CHIQISHI MUMKIN


NOGIRONLIGI BOʻLGAN BOLALARNING ONALARI BOSHQALARDAN 5 YIL OLDIN PENSIYAGA CHIQISHI MUMKIN

 

SAVOL:

Bolalikdan nogironligi boʻlgan bolalarni tarbiyalagan onalar pensiyaga 50 yoshdan chiqishi mumkinligini eshitdim. Shu rostmi ?

 

JAVOB:

Bunday norma qonunchilikda mavjud. "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi qonunning 12-moddasida, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa — ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda umumiy belgilangan 55 yoshdan emas, boshqalarga qaraganda imtiyozliroq yaʼni, 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkinligi koʻrsatilgan.

 

Demak bolalikdan nogironligi boʻlgan bolalarni kamida 8 yil tarbiyalagan onalar pensiyaga boshqalardan 5 yil oldin chiqishi mumkin.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                   S.Djamalov