Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Dekretga chiqmasdan ishlash mumkinmi?


Dekretga chiqmasdan ishlash mumkinmi?

 

Koʻpchilik homilador ayollar dekretga chiqmay ishlash haqida ish beruvchiga murojaat qilib ish beruvchini va korxona kadrlar boʻlimini noqulay ahvolga solib qoʻyadi. Chunki ayollar ham ishlab ish haqimni olaman, ham dekret pulini olaman degan hayolda boʻlishadi. Aslida ayollar dekretga chiqmay ishlashiga MKsi nima deydi?

 

Mehnat kodeksining 404-moddasiga asosan Ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

 

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi  2667-sonli Yoʻriqnomaning 27-bandiga asosan Homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor oʻrinbosari bilan birgalikda bir yoʻla bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

 

Tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda homiladorlik va tugʻish taʼtilini uzaytirish uchun tugʻruq muassasasi tomonidan yana oʻn toʻrt kalendar kuniga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

 

Yaʼni mazkur yoʻriqnomaga eʼtibor qaratilsa, ayolga homilaning 30 haftasidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi deyilmoqda. Bu degani ayol oʻttizinchi haftadan keyin mehnatga layoqatsiz boʻladi degani bunday xodimlarga ishlash mumkin emas. Yaʼni shuni ayib oʻtish kerak agar ayolning homilasi oʻttizinchi haftadan keyin nobud boʻlganda va yoki farzand oʻlik tugʻilganda yoki boshqa sabablar bilan vafot etgan taqdirda ham ayol 126 kalendar kunlik taʼtilni toʻliq tugatgandan soʻng ishga chiqishga haqli. Chunki, MKning 404-moddasi 2-qismiga asosan Homiladorlik va tugʻish taʼtili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tugʻruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qatʼi nazar, toʻliq beriladi.

 

Homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan ilgari tugʻish holatlarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi tugʻruq muassasasi tomonidan bola tugʻilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarga beriladi:

bola tirik tugʻilganda — bir yuz yigirma olti kalendar kunga;

bola oʻlik tugʻilgan yoki tugʻruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud boʻlganda — yetmish kalendar kunga.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                   S.Djamalov