Янгиликлар
“Xodimlarni ishga qabul qilingan kunning ertasiga ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga yuborish mumkinmi? Xodimni ishga qabul qilgandan keyin bunday taʼtilga qachon yuborish mumkin?”
“Xodimlarni ishga qabul qilingan kunning ertasiga ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga yuborish mumkinmi? Xodimni ishga qabul qilgandan keyin bunday taʼtilga qachon yuborish mumkin?”
– “Taʼtilga yuborish” nimani anglatadi? Ushbu ibora ish beruvchining tashabbusiga koʻra xodimga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil taqdim qilinishini anglatadi.
Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil (bu ish beruvchi uchun majburiy emas) faqat xodimning yozma arizasiga binoan taqdim qilinishi mumkin. Taʼtil davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi taʼtil berilgan kundan eʼtiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak .
Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil taqdim qilish tartibi Mehnat kodeksi normalariga muvofiq mehnat shartnomalari va korxonaning boshqa ichki hujjatlari shartlarida nazarda tutilishi mumkin.
Agar ish beruvchi va xodim oʻrtasida ishga qabul qilingan kunning ertasiga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan boʻlsa (masalan, oilaviy sabablarga koʻra), bu qonunning buzilishi hisoblanmaydi.
Olmaliq shahar YuXKM
bosh yuriskonsulti K.F.Nodirova