Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yuridik shaxsning huquq layoqatini tushuntirib bering.


Yuridik shaxsning huquq layoqatini tushuntirib bering.

Yuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘ladi.

Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi.

Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonunchilik bilan belgilanadi.

Yuridik shaxs qonun hujjatida ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishi mumkin.

Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

 

Olmaliq Shahar YuXKM

Bosh yuriskonsulti                                                              K.F.Nodirova