Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday.


Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 44-moddasiga asosan Yuridik shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritiladi.

Yuridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qo‘yilgan tartibini buzish yoki uning ta’sis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishiga sabab bo‘ladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning xabardor qilish tartibi belgilangan yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.

Yuridik shaxs qonunda belgilangan hollardagina qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Olmaliq Shahar YuXKM

Bosh yuriskonsulti                                                              K.F.Nodirova