Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Mol-mulkning fuqarolik huquqlari obyekti sifatida turlari qanday.


Mol-mulkning fuqarolik huquqlari obyekti sifatida turlari qanday.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 48-moddasiga asosan Mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi.

Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi.

Qonunda boshqa mol-mulk ham ko‘chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin.

Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritish va ular bekor bo‘lishining xususiyatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Olmaliq Shahar YuXKM

Bosh yuriskonsulti                                                              K.F.Nodirova