Янгиликлар
O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim kim tomonidan haqiqiy emas deb topiladi.
O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim kim tomonidan haqiqiy emas deb topiladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 121-moddasiga asosan garchi muomalaga layoqatli bo‘lsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda bo‘lgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim shu fuqaroning yoki huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari bunday bitimni tuzish natijasida buzilgan boshqa shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Keyinchalik muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni, agar bitimni tuzish paytida fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi isbotlangan bo‘lsa, uning vasiysi qilgan da’voga muvofiq sud haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Agar bitim ushbu modda asosida haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, bitim tuzish paytida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni boshqara olmagan tarafga ikkinchi taraf, agar u o‘zi bilan bitim tuzgan fuqaroning bunday holatda ekanligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, qilingan xarajatlarni, yo‘qotilgan mol-mulkning yoki unga yetkazilgan shikastning haqini to‘lashi kerak.
Olmaliq Shahar YuXKM
Bosh yuriskonsulti K.F.Nodirova