Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish.


  Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish.

Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro og‘ir holatlar yuz berishi tufayli o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo‘lgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. (FKning 123-moddasi).

Agar bitim yuqorida ko‘rsatilgan asoslardan biriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim bo‘yicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak, olingan narsani asl holida qaytarishning iloji bo‘lmaganida esa — uning qiymatini pul bilan to‘lashi kerak. Jabrlanuvchi bitim bo‘yicha ikkinchi tarafdan olgan mol-mulk, shuningdek ikkinchi tarafga topshirilgan narsa evaziga o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi. Mol-mulkni asl holida davlat daromadiga o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, uning qiymati pul bilan undirib olinadi. Bundan tashqari, jabrlanuvchiga ikkinchi taraf uning qilgan xarajatlarini, uning mol-mulki yo‘qotilishi yoki buzilishi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi.

 

Olmaliq shahar YuXKM

bosh yuriskonsulti                                                              K.F.Nodirova