Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Qanday ishoncnomalar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi.


Qanday ishoncnomalar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 136-moddasiga asosan quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi:

gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;

harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy o‘quv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar bo‘lmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining shu qism, qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;

ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.

Olmaliq shahar YuXKM

bosh yuriskonsulti                                                              K.F.Nodirova