Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ishonchnoma bo‘yicha vakolatlarni boshqa shaxsga berish (boshqa shaxsga o‘tkazish) mumkinmi.


Ishonchnoma bo‘yicha vakolatlarni boshqa shaxsga berish (boshqa shaxsga o‘tkazish) mumkinmi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 140-moddasiga asosan  ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan bo‘lsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.

Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos bo‘lgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketishi mumkin emas.

Vakolatlarini boshqaga bergan shaxs ishonchnoma bergan shaxsga buni ma’lum qilishi hamda mazkur shaxs va uning yashash joyi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Mazkur burchlar bajarilmasa, o‘z vakolatlarini boshqaga bergan shaxs undan vakolat olgan shaxsning harakatlari uchun xuddi o‘zining harakatlari kabi javobgar bo‘ladi.

 

Olmaliq shahar YuXKM

bosh yuriskonsulti                                                              K.F.Nodirova