Янгиликлар
Ishonchnomaning bekor bo‘lganligi haqida shaxslarga xabar berish va undan keyin qanday xarakatlar qilinadi tushuntirish bering.
Ishonchnomaning bekor bo‘lganligi haqida shaxslarga xabar berish va undan keyin qanday xarakatlar qilinadi tushuntirish bering.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 142,143,144-moddalariga asosan ishonchnoma bergan shaxs uning bekor bo‘lganligi haqida ishonchnoma olgan shaxsni, shuningdek ishonchnoma qaratilgan o‘ziga ma’lum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shart. Ishonchnoma ushbu Kodeks 141-moddasi birinchi qismining 4-7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingan hollarda ishonchnoma bergan shaxsning huquqiy vorislari zimmasiga ham shunday vazifa yuklatiladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilguncha yoki bilishi lozim bo‘lgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs yoki uning huquqiy vorislari uchun uchinchi shaxslarga nisbatan o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Agar uchinchi shaxs ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi.
Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart.
Olmaliq Shahar YuXKM
Bosh yuriskonsulti K.F.Nodirova