Янгиликлар
Da’vo muddati o‘tishi qachon to’xtatiladi.
Da’vo muddati o‘tishi qachon to’xtatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 156-moddasiga asosan da’vo muddatining o‘tishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
1) agar da’vo qo‘zg‘atilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan favqulodda hodisa (yengib bo‘lmas kuch) to‘sqinlik qilgan bo‘lsa;
2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;
3) agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga o‘tkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qo‘shinlari va ichki qo‘shinlar tarkibida bo‘lsa;
4) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo‘lmasa;
5) tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatining amal qilishi to‘xtatilgan bo‘lsa.
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilgan taqdirda.
Agar ushbu moddada ko‘rsatilgan holatlar da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida vujudga kelgan yoki davom etib turgan bo‘lsa, da’vo muddatining o‘tishi to‘xtatiladi.
Muddatning to‘xtatib turilishiga asos bo‘lgan holat barham topgan kundan boshlab da’vo muddatining o‘tishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, da’vo muddati olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi.
Olmaliq Shahar YuXKM Bosh yuriskonsulti K.F.Nodirova