Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi nima.


O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi nima.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 173-moddasiga asosan Ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir.

O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.

Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.

Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o‘zga yer uchastkasining egasi o‘rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi. Jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan hollarda servitut qonunga muvofiq tegishli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).

Uchastka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan yoki doimiy egalik qilish va foydalanish huquqi bilan berilgan shaxsning manfaatlari va talabi bo‘yicha ham ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarda va tartibda servitut belgilanishi mumkin.

Servitut ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan asoslar amal qilishini yo‘qotmagunga qadar amal qiladi.

Servitut belgilanganda servitut belgilanayotgan yer uchastkasining maydoni, ushbu yer uchastkasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini qurish, ulardan foydalanish, ularni ko‘zdan kechirish va ta’mirlash shartlari, yer fondi toifasidan qat’i nazar, yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasining ijarachisiga va (yoki) mulkdoriga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi, servitut belgilanayotgan yer uchastkasining joriy holati, yer uchastkasini undan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish zarurligi, servitut uchun haq to‘lash tartibi, shuningdek servitut belgilangan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlar ko‘rsatilishi shart.

Servitut belgilanganda qonunga muvofiq boshqa shartlar ham ko‘rsatilishi mumkin.

Olmaliq Shahar YuXKM

Bosh yuriskonsulti                                                              K.F.Nodirova