Янгиликлар
Egalik qilish huquqini qancha muddatda vujudga keladi.
Egalik qilish huquqini qancha muddatda vujudga keladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 187-moddasiga asosan mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).
Ko‘chmas va boshqa mol-mulkka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan mulk huquqi ushbu mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli olgan shaxsda ana shunday ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqini olganga qadar mol-mulkka o‘ziniki kabi egalik qilib turgan shaxs o‘z egaligini mol-mulkning egalari bo‘lmagan, shuningdek qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra egalik qilish huquqi bo‘lmagan uchinchi shaxslardan himoya qilish huquqiga ega.
Egalik qilish muddatini vaj qilib keltiradigan shaxs o‘zi huquqiy vorisi bo‘lgan shaxsning bu mol-mulkka egalik qilib kelgan barcha vaqtini o‘zining egalik qilish vaqtiga qo‘shishi mumkin.
Shaxs ixtiyorida bo‘lib, ushbu Kodeksning 228, 229, 230 va 232-moddalariga muvofiq uning egaligidan talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan ashyolarga doir egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tegishli talablar bo‘yicha da’vo muddati tamom bo‘lganidan keyin o‘ta boshlaydi.
Olmaliq Shahar YuXKM
Bosh yuriskonsulti K.F.Nodirova