Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratmagan holda mulk huquqining bekor qilinishi tartibi qanday.


Mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratmagan holda mulk huquqining bekor qilinishi tartibi qanday.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 206-moddasiga asosan Davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonunda belgilangan hollar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi, bunda mulkdorga olib qo‘yilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va uning ko‘rgan boshqa zararlari to‘lanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar to‘la hajmda to‘lanadi.

Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uylarning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki ekinlarning, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatini aniqlash belgilangan tartibda baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinganda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati bevosita ushbu mol-mulkni olib qo‘yishdan oldingi holatga ko‘ra yoki kelgusida olib qo‘yilishi haqidagi xabar mol-mulkning va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatiga ta’sir qilgan paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadi.

Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki ekinlarni buzib tashlashga zararlarning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplanguniga qadar yo‘l qo‘yilmaydi.

Mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga mulkdor rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qaror nizo sud tomonidan hal qilingunicha amalga oshirilishi mumkin emas. Nizoni ko‘rib chiqish vaqtida mulkdorga yetkazilgan zararni to‘lash bilan bog‘liq barcha masalalar ham hal qilinadi.

Olmaliq Shahar YuXKM

Bosh yuriskonsulti                                                              K.F.Nodirova