Янгиликлар
Qanday mulk mulkdorlarining umumiy mol-mulki xisoblanadi.
Qanday mulk mulkdorlarining umumiy mol-mulki xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 211-moddasiga asosan ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka egalik huquqidagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ulushlarining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash bo‘yicha xarajatlarni mulkdorlar o‘rtasida taqsimlash tartibi uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni o‘ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o‘tishiga sabab bo‘luvchi o‘zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas.
Olmaliq Shahar YuXKM
Bosh yuriskonsulti K.F.Nodirova