Янгиликлар
Mehnat shartnomasi shartlarining haqiqiy emas deb topish asoslari
Mehnat shartnomasi shartlarining haqiqiy emas deb topish asoslari
Taraflar o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi shartlarining mazmuniga quyidagi shartlar belgilangan bo’lsa, ular haqiqiy bo’lmaydi:
-xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;
-mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
-majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.
Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.
Olmaliq shahar YXKM
bosh yuriskonsulti M.M.Ashurova