Янгиликлар
Aliment puli qancha chiqishi kerak?
Aliment puli qancha chiqishi kerak?
Oila kodeksining 96-moddasida har bir ota-ona o‘zining voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashi shart ekanligi belgilangan. Oila kodeksining 99-moddasiga binoan aliment to‘lovi agarda ota ona o‘rtasida alohida kelishuv mavjud bo‘lmasa sud tomonidan bolalar soniga qarab belgilanadi.
ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:
- bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;
- ikki bola uchun — uchdan bir qismi;
- uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.
Bunda har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak
Hozirda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 1 155 000 so‘m ekanligini hisobga olsak, eng kam aliment miqdori 306 075 so‘mni tashkil etishi kerak.
Olmaliq shahar yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti
N.Maxamatov