Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining bayonnomasi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz.


Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining bayonnomasi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning majlisida bayonnoma yuritiladi, u komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining bayonnomasida o‘tkazilayotgan majlisning quyidagi butun jarayoni aks ettiriladi:

majlis o‘tkazilayotgan sana;

komissiya tarkibi;

qanday ariza ko‘rilayotganligi;

komissiya majlisini olib borish tartibi;

xodim (uning vakili) hamda ish beruvchining vakili tomonidan keltirilayotgan tushuntirishlar va vajlarning, shuningdek guvohlar ko‘rsatuvlarining, mutaxassislar fikrlarining bayoni;

qarorning mazmuni.

Yakka tartibdagi mehnat nizosining taraflari va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining manfaatdor ishtirokchilari majlis bayonnomasi bilan tanishishga haqli hamda ushbu bayonnoma imzolangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bayonnomaga nisbatan yozma e’tirozlarini undagi xatolarni, noto‘g‘ri talqinlarni yoki bayonnomaning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda berishi mumkin. Komissiya taraflarning yozma e’tirozlarini majlis bayonnomasiga ilova qilishi kerak.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining bayonnomasini yuritish komissiya majlisining audio- yoki videoyozuvi orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.

 

Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i     M.M.Ashurova