Янгиликлар
Xodimning arizasini qabul qilishni rad etish qay tartibda amalga oshiriladi
Xodimning arizasini qabul qilishni rad etish qay tartibda amalga oshiriladi
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya xodimning arizasini qabul qilishni, agar mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning yoki sudning ish yurituvida xuddi shu taraflar o‘rtasidagi nizo bo‘yicha, xuddi shu predmet va xuddi shu asoslar bo‘yicha boshqa ariza mavjud bo‘lsa yoxud ariza xodimning nomidan buning uchun vakolatli bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa yoki ushbu yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqish komissiyaning vakolatlariga kirmasa, rad etadi.
Avvalgi majlisda tayinlangan mehnat nizolari bo‘yicha komissiya raisi ariza beruvchiga arizani qabul qilishga doir yozma ravishda asoslantirilgan rad javobini uch kunlik muddat ichida beradi.
Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga o‘z huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran olti oylik muddat ichida murojaat qilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, mehnat nizolari bo‘yicha komissiya muddatni qayta tiklashi va nizoni mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi mumkin.
Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish yuzasidan murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi.
Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i M.M.Ashurova