Янгиликлар
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori haqida nimalarni bilasiz?
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori haqida nimalarni bilasiz?
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya kasaba uyushmasi qo‘mitasi va ish beruvchi vakillarining kelishuviga ko‘ra qaror qabul qiladi.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori asoslantirilgan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
tashkilotning nomi, yakka tartibdagi mehnat nizosi tashkilot alohida bo‘linmasining mehnat nizolari bo‘yicha komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan taqdirda esa bo‘linmaning nomi, komissiyaga murojaat etgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, kasbi yoki mutaxassisligi;
komissiyaga murojaat etilgan va nizo ko‘rib chiqilgan sana, nizoning mohiyati;
komissiya a’zolarining va majlisda hozir bo‘lgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
qarorning mohiyati va uning asoslanishi (qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga havola qilingan holda);
ovoz berish natijalari.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning pulga oid talablar bo‘yicha qarorida xodimga tegishli bo‘lgan aniq summa ko‘rsatilishi kerak.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori komissiya majlisining raisi va kotibi tomonidan imzolanib, majburiy kuchga ega bo‘ladi va biron-bir tarzda tasdiqlanmaydi.
Mehnat nizosi bo‘yicha komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida topshiriladi (yuboriladi).
Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i M.M.Ashurova