Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqishni sudga o‘tkazish va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish haqida qonunchiligimizda nimalar ko’rsatilgan?


Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqishni sudga o‘tkazish va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish haqida qonunchiligimizda nimalar ko’rsatilgan?

Agar mehnat nizolari bo‘yicha komissiya o‘n kunlik muddat ichida yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim yoki uning vakili sudga murojaat qilishga haqli.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi o‘ziga topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sudga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat o‘tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Sud o‘tkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, bu muddatni tiklashi va yakka tartibdagi mehnat nizosini mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi mumkin.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning a’zolari bo‘lgan xodimlarga nisbatan ular o‘z vakolatlarini amalga oshirayotgan davrda tarif stavkasini (maoshni) pasaytirishga va ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yakka tartibdagi mehnat nizosini bevosita ko‘rib chiqish va ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash davrida mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning a’zolari bo‘lgan xodimlar o‘rtacha ish haqi saqlangan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.

Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i     M.M.Ashurova.