Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Bevosita sudda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan yakka tartibdagi mehnat nizolari qaysilar?


Bevosita sudda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan yakka tartibdagi mehnat nizolari qaysilar?

Quyidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudda ko‘rib chiqiladi:

1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tuzilmagan bo‘lsa;

2) mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini va asoslari ta’rifini o‘zgartirish haqidagi, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi;

3) xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligi tufayli yetkazilgan ziyonning o‘rnini yoxud xodimning mol-mulkiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash haqidagi;

4) ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi;

5) ishga qabul qilish rad etilganligi haqidagi;

6) ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda oldindan hal etilgan masalalar yuzasidan;

7) xodimlar va ish beruvchi jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan;

8) o‘zini mehnat qilish va mashg‘ulotlar sohasida kamsitilishga uchragan deb hisoblayotgan shaxslarning;

9) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi.

Yakka tartibdagi mehnat nizolari, ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilganlaridan tashqari, xodimning xohishiga ko‘ra, bevosita sudlarda ham ko‘rib chiqiladi.

Xodimning arizasini ko‘rib chiqishni yakka tartibdagi nizo mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqilmaganligiga asoslangan holda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i     M.M.Ashurova