Янгиликлар
Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi haqida ma’lumot.
Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi haqida ma’lumot.
Quyidagilar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega:
1) xodim yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi;
2) Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari;
3) ish beruvchi, u mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroridan norozi bo‘lganda, shuningdek o‘ziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;
4) qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari;
5) prokuror.
Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan e’tiboran bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran olti oy.
Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi.
Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sudga murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi.
Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i M.M.Ashurova