Янгиликлар
Mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishda, ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirishda yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxsning zimmasiga moddiy javobgarlikni yuklash.

O‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimga, ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirilgan xodimga yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq holda mansabdor shaxs tomonidan ish beruvchiga zarar yetkazilgan taqdirda, sud yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga yuklatadi. Bunday majburiyat mansabdor shaxs xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning yoki sudning qarorini kechiktirgan taqdirda ham yuklatiladi.
Moddiy zararning o‘rnini qoplash miqdori mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Xodimning mehnat huquqlari buzilishi unga ma’naviy va (yoki) jismoniy azob-uqubatlar yetkazishga sabab bo‘lgan hollarda, sud ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risida xodimning talabiga ko‘ra qaror chiqarishga haqli. Ma’naviy ziyonning miqdori sud tomonidan belgilanadi.
Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i M.M.Ashurova